Kiyev Qrim ko‘prigini buzib tashlashni talab qildi

Jahon 08:37 / 18.08.2022 12929

Ukraina hukumati 2014 yilda Qrim annexia qilinganidan keyin Rossiya tomonidan Kerch bo‘g‘ozi orqali qurilgan va RFni bosib olingan yarimorol bilan bog‘lovchi ko‘prikni buzib tashlashni talab qildi. «Bu xalqaro huquqda mustahkamlangan: Qrim - Ukraina. Shuning uchun ko‘prik - noqonuniy qurilishning oddiy obekti, uning qurilishiga Ukraina ruxsat bermagan. U yarimorol ekologiyasiga zarar yetkazadi, shuning uchun demontaj qilish kerak. Ixtiyoriy ravishdami, yo‘qmi - farqi yo‘q», — deb yozdi 17 avgust, chorshanba kuni Twitter mikroblogida Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak. 

Bir kun avval Britaniyaning The Guardian gazetasiga bergan intervyusida Podolyak Ukraina RF prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2018 yilda shaxsan foydalanishga topshirilgan 19 kilometrlik Qrim ko‘prigini qonuniy harbiy nishon sifatida ko‘rishini aytdi. «Bu - noqonuniy qurilish va Qrimdagi Rossiya armiyasini ta’minlashning asosiy darvozasi. Bunday obektlarni yo‘q qilish kerak», - deya ta’kidladi Podolyak. U, shuningdek, «yaqin ikki-uch oy ichida» Qrimdagi obektlarga yangi hujumlar uyushtirilishini e’lon qildi, lekin UQK Jankoy yaqinida va Gvardeyskoye qishlog‘i yonidagi aviabazada portlashlar ortida turganini tasdiqlamadi. «Bizning strategiyamiz logistika, ta’minot liniyalari, o‘q-dorilar omborlari va boshqa harbiy infratuzilmani yo‘q qilishdir. Bu ularning o‘zida tartibsizlikni keltirib chiqaradi», - deya tushuntirdi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi.

So‘nggi kunlarda annexia qilingan Qrimda vaziyat keskinlashdi. 9 avgust kuni eng yaqin front chizig‘idan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Saki shahri yaqinidagi Novofyodorovkada joylashgan harbiy aerodromda portlashlar sodir bo‘ldi. Aerodrom RF Mudofaa vazirligi aviabazasi sifatida ishlatiladi, samolyotlar va vertolyotlar, shu jumladan dengiz aviatsiyasi ham bu yerda joylashgan. Ukraina OAVning yozishicha, aerodromdan Ukraina hududiga hujum qilgan samolyotlar bir necha bor foydalangan. Kiyev Rossiya harbiy samolyotlari yo‘q qilinganini e’lon qildi, Moskva esa portlashlar paytida rus harbiy texnikasiga zarar yetmaganini bildirdi. 

16 avgust kuni Jankoy yaqinidagi Mayskoye qishlog‘ida joylashgan o‘q-dorilar omborida portlash va Qrim yarimorolining asosiy energiya markazlaridan biri bo‘lgan «Jankoy» transformator nimstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng FH zonasi o‘rab olindi, mahalliy aholi evakuatsiya qilindi, rossiyalik sayyohlar Ukraina yarimorolini ommaviy ravishda tark eta boshladi. Moskva diversiya haqida e’lon qildi, biroq portlash uchun mas’ullar nomini keltirmadi. 

Shu bilan birga, Kiyev Qrimdagi portlashlar Ukraina Qurolli kuchlarining zarbalari natijasi ekanligini tasdiqlamadi yoki inkor etmadi. 

Ko‘proq yangiliklar: