ABIS STEM Akademiyasi yangi kelajak tomon intilmoqda

O‘zbekiston 19:00 / 18.08.2022 6450

ABIS har doim yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar yaratish va yuksak marralarni zabt etishga intiladi. Bu safar xalqaro maktab yangi STEM industriyasida mutlaqo yangi g‘oya bilan ajablantiradi.  ABIS STEM akademiyasi standart nazariy ta’limning stereotiplarini buzadi, chunki dasturning aksariyati Pearson Edexsel xalqaro ta’lim standartiga asoslangan amaliyot va loyihalardan iborat bo‘lib, bu erda talabalar real holatlarda ishtirok etadilar, g‘oyalar ishlab chiqaradilar va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini izlaydilar.

ABIS STEM akademiyasi  ABIS  maktablar tarmog‘ining texnik fakulteti bo‘lib, kelajakdagi olimlar va ixtirochilarni o‘z maskaniga qabul qilishga tayyor. O‘zbekistonning NazarX kosmik kompaniyasi bilan birgalikda ABIS talabalari kosmik kema ustida ishladilar, bu ABIS STEM Akademiyasi talabalari uchun MarsLab laboratoriyasida birinchi tajriba bo‘ldi, bu yerda talabalar mustaqil ravishda har bir dizayn elementi va sensor kodini yaratdilar. Innovatsiyalar vazirligi tamonidan NazarX kompaniyasi bilan hamkorlikdagi yangi loyihamiz ishlab chiqish bosqichida. Ushbu loyiha g‘oyasi hozirgi kunga qadar eng zamonaviy qurilma - kvadrokopterlarga bag‘ishlangan. 7-11-sinf o‘quvchilari samolyotlarni texnik yig‘ishda to‘liq ishtirok etadilar, navigatsiya tizimini va ushbu gadjetlarning samarali ishlashi uchun sig‘imli batareyalar turini mustaqil ravishda ishlab chiqadilar.

Tayyorlash va yig‘ishning butun jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Texnoparkda amalga oshiriladi. Akademiya talabalari dronlarning eng noyob qo‘llanilishi g‘oyasini ilgari surdi va loyihani Express Air Delivery deb nomladi. Bu Express Air Delivery loyiha maqsadi respublika bo‘ylab yuqori tezlikda yetkazib berish tizimidir. Batareyani samarali qo‘llash uchun ularga zamonaviy quyosh panellari o‘rnatiladi. Ushbu ixtiro bilan STEM Akademiyasi talabalari va NazarX vakillari shu oyda Turkiyada bo‘lib o‘tadigan “ TechnoFest ” xalqaro texnik festivaliga tashrif buyurib, O‘zbekistonni butun dunyoda namoyon etadi.

ABIS STEM Akademiyasi talabalarining barcha innovatsion ixtirolari va kashfiyotlari STEM loyihalarining xalqaro platformalarida namoyish etiladi, bu esa yosh olimlar nomini jahon miqyosida tanitadi va olimlar tarmog‘ini kengaytiradi. Shuningdek, Pearson Edexcel A-level imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish bilan bitiruvchilar dunyoning 600 dan ortiq universitetlariga imtihonsiz kirishlari mumkin bo‘ladi.

ABIS STEM akademiyasi- ixtirochilar va innovatorlar avlodidir. Kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalarda ushbu muassasa talabalari raketa ixtirosi texnik yondashuvini tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yoqilg‘i tarkibi bo‘yicha tajriba o‘tkazish orqali kosmik reaktiv dvigatelni takomillashtirish loyihasini boshladilar. ABIS yosh olimlarining intilishlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda birinchi kosmik raketani aynan STEM akademiyasi talabalari uchirishiga hech qanday shubha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2022-23  o‘quv yili uchun qabul allaqachon boshlangan, batafsil ma’lumotni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:

Telefon: +998555002200

Telegram: @abis_info

WhatsApp: +998903500575
Web site: https://abis.education/

Ko‘proq yangiliklar: