Departament Olmazor tumani bo‘limi xodimi 2000 dollar bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati prokuratura idoralaridagi noqonuniy holatlarning oldi oldi.

Videodan kadr
DXX xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Olmazor tumani bo‘limi xodimi tadbirkorga tegishli MChJ uchun bankdan jami 1 mlrd 200 mln so‘m kredit pul mablag‘i ajratilishida yordam berishini aytgan.
Qayd etilishicha, xodim buni amalga oshirib berishi evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.
U keyinchalik MChJga bank tomonidan 750 mln so‘m kredit pul mablag‘i ajratilgani bois tadbirkordan 3000 AQSh dollari berishini talab qilib, 2000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:38 / 13.02.2025
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi

14:00 / 08.02.2025
Olmazor tumanida 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

07:31 / 11.06.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

08:25 / 21.05.2024