BMT bosh kotibi Ukrainaga bordi

Jahon 20:10 / 17.08.2022 9247

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Lvov shahriga keldi. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

"Biz Lvov shahriga keldik", - dedi Dyujarrik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Guterresh Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi.

Shuningdek, BMT bosh kotibi juma kuni Odessada bo‘ladi. Keyingi kuni esa Istanbuldagi muvofiqlashtirish markaziga tashrif buyuradi.

Bosh kotib Moskvaga borishni hozircha rejalashtirmayapti, deya qo‘shimcha qildi Stefan Dyujarrik.

Ko‘proq yangiliklar: