Yil boshidan beri 2,7 mln o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketdi

O‘zbekiston 07:49 / 16.08.2022 1111

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 avgust holatiga O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 2,7 mln kishi.

Bundan tashqari, dam olish maqsadida 435,6 ming kishi, o‘qish maqsadida 112,1 ming kishi chetga chiqib ketgan.

Shuningdek, davolanish uchun 34,9 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 9,2 ming kishi chiqib ketgan.

Ma’lumot uchun 6 oyda 1,7 mln kishi xorijliklar qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: