Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Kun.uz
Joriy yil 17-18 avgust kunlari Toshkentda O‘zbekistonning Shanhay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida tashkilotga a’zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” Markaziy Osiyo xalqaro instituti ma’lumotiga tayangan holda.
Kengashda ShHTga a’zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklari, kuzatuvchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, Interpol, BMT Narkotik va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, MDHga a’zo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi hamda MDH aksilterror markazi delegatsiyalari qatnashadi.
Kengash kun tartibiga ko‘ra, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida hamkorlikni yanada rivojlantirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasi, terrorizm, ekstremizm va separatizm hamda transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa masalalar muhokama etiladi.
Tadbir jarayonida delegatsiya rahbarlarining xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga bag‘ishlangan ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi

16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi

13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi

08:28 / 25.10.2023