Toshkent aeroportida Britaniya qalbaki pasportini noqonuniy qo‘lga kiritgan yetti kishi ushlandi

O‘zbekiston 07:36 / 16.08.2022 4361

IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabariga ko‘ra, tekshiruv chog‘ida parvozdan to‘xtatilgan yo‘lovchilar o‘zlarini Afg‘oniston fuqarolari deb tanishtirib, Tojikiston hududida bo‘lib, Buyuk Britaniya fuqarolari qalbaki milliy pasportini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritib, O‘zbekistonni tark etish niyatida bo‘lgan, biroq aeroport immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha IIV TXTBB TB tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi 228-moddasi, 2-qismi, «b» bandi, 228-moddasi, 3-qismi, 25-223-moddasi, 2-qismi, «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: