Tadbirkorlik sub’yektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshib, avvalgi yilga nisbatan 127,8 foizga o‘sdi

O‘zbekiston 13:50 / 16.08.2022 2452

187,4 ming sub’yekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 127,8 foiz.

Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

  • 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 282 858 sub’yekt;
  • 1 mlrdgacha — 20 688 sub’yekt;
  • 10 mlrdgacha — 26 878 sub’yekt;
  • 100 mlrdgacha — 5 253 sub’yekt;
  • 1 trlngacha — 667 sub’yekt;
  • 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 64 sub’yekt.

4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.

26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

2022 yilning birinchi yarmida 336 408 ta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, 650,4 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 198,6 trln so‘mi soliqqa tortilmaydigan imtiyozli aylanmalar.

Faoliyat turlari kesimida umumiy aylanma hajmining 43,7 foiz sanoat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 40 656 tadbirkorlik sub’yekti tomonidan amalga oshirilgan. Ularning birinchi yarim yillikda tovar aylanmasi 284,5 trln so‘mga yetdi.

Jami tovar aylanmasining chorak qismidan ko‘prog‘i – 168,3 trln so‘m (25,9 foiz) — savdo sohasida faoliyat yurituvchi 132 603 ta sub’yekt tomonidan amalga oshirilgan.

Tovar aylanmasining qolgan qismi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlandi:

  • qurilish - 50 trln so‘m (7,7 foiz);
  • tashish va saqlash – 30,4 trln so‘m (4,7 foiz);
  • qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 21,7 trln so‘m (3,3 foiz);
  • axborot va aloqa – 11 trln so‘m (1,7 foiz);
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari – 5,4 trillion so‘m (0,8 foiz);
  • sog‘liqni saqlash – 2,5 trln so‘m (0,4 foiz);
  • boshqa tarmoqlar – 76,6 trln so‘m (11,8 foiz).

DSQ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: