Ozarboyjonda o‘zbek modeli asosida ipakni qayta ishlash klasterlari tashkil etiladi

Jahon 10:58 / 16.08.2022 2054

Ozarboyjonda bo‘lib turgan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Abdullayev Ozarboyjon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sarvan Jafarov bilan uchrashdi.

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi xabariga ko‘ra, uchrashuvda 2023 yilda o‘zbek modeli asosida Ozarboyjonning Agdosh, Agjabadi, Tartar, Zardob, Agdam, Yevlax va Bardada tumanlarida klaster usulida ipakni qayta ishlash korxonalari tashkil etilishi yuzasidan kelishib olindi. 

Bundan tashqari, Ozarboyjonda tut ko‘chati yetishtirish xo‘jaligi tashkil etish masalalari yuzasidan bir qarorga kelindi.

Bunda, Ozarboyjon hukumati tomonidan yer ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, imtiyozli ravishda xo‘jalik ma’lum muddatga yer solig‘idan ozod etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: