Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etiladi
Toshkent shahrida Senat o‘ttiz birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Video-konferens-aloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Senatorlar tomonidan “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Ordenni ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun bilan “Imom Buxoriy” ordeni nizomi va uning tavsifi tasdiqlanmoqda. “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
“Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi: “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni hamda “Imom Buxoriy” ordeni. “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni “Imom Buxoriy” ordenidan yuqori darajada hisoblanadi.
“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti hamda ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgani uchun:
- xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
- xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
- xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari, xorijiy arboblar va olimlar;
- mamlakat atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.
- “Imom Buxoriy” ordeni bilan:
- ulug‘ allomalar ilmiy merosini chuqur o‘rganib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat, vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari;
- yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarni o‘zida ifoda etgan tarixiy merosni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlashdagi samarali mehnati;
- mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazishdagi faoliyati;
- «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan g‘arazli tahdid va harakatlar oldini olish, bunday xatarlarga qarshi kurashish ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash borasidagi xizmatlari;
- islom sivilizatsiyasi umuminsoniy qadriyatlarini, xalq ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni hamda ahamiyatini o‘rganib, ular ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etishdagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadi.
“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdori yetmish baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti, “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar esa bazaviy hisoblash miqdori ellik baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.
Senatorlar ushbu ordenni ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

21:02 / 28.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

16:10 / 22.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

17:10 / 13.03.2025