Farg‘onada soxta DXX xodimi qo‘lga olindi

O‘zbekiston 14:27 / 16.08.2022 6821

Aniqlanishicha, T.I. tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R.ga o‘zini “DXX viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi” sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganini ma’lum qilgan. Bo‘lim mudiri har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganini, yaqinda yuqori lavozimga qo‘yilgan ayoldan katta miqdorda pora olganini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 mln so‘m talab qilgan. 

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirda T.I. ko‘rsatib o‘tilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.  

Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 165-moddasi 1 –qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: