Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya energiya xavfsizligi uchun eng katta gaz omborini qayta ochadi
RFdan mahsulot yetkazib berish to‘xtatilishi mumkinligi fonida Angliya sharqiy qirg‘og‘idagi Rough omborini sentabr oyidayoq gaz bilan to‘ldirish boshlanishi mumkin, deb yozadi The Daily Telegraph.

Foto: Centrica
Buyuk Britaniya eng yirik gaz omborini qayta ochadi va tez orada qish uchun uni to‘ldirishni boshlaydi. Bu haqda 15 avgust, dushanba kuni Britaniyaning The Daily Telegraph nashri xabar berdi.
British Gas kompaniyasining egasi Centrica energetika shirkati sentabr oyi boshida Rough omboriga tabiiy gaz kiritishni boshlaydi, operatorlar Mehnat va texnika xavfsizligi boshqarmasi (HSE) roziligini olgan.
Buning uchun Centrica va Britaniya hukumati o‘rtasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv, shuningdek, Shimoliy dengizga o‘tish boshqarmasi (North Sea Transition Authority, NSTA)dan o‘z faoliyatini qayta tiklash uchun rasmiy ruxsatnoma kerak bo‘ladi, bu gazetaning yozishicha, «muammoli narsa emas».
Gaz bilan to‘ldirish ikki haftadan ko‘proq vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda. Inshoot 2017 yildan beri gaz saqlash uchun foydalanilmagan. Buyuk Britaniyaning biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri Kvazi Kvarteng energiya xavfsizligini mustahkamlashga yordam berish uchun uni ishga tushirishga chaqirdi.
Besh yil oldin Centrica Rough’ning xizmat qilish muddati tugaganini va uning ishlashi xavfsiz bo‘lmasligini ma’lum qilgandi, chunki bir qator bo‘linmalarning yaxlitligiga shubha yuzaga kelgan.
Ilgari ushbu obektga Buyuk Britaniyadagi barcha gaz zaxiralari bo‘yicha quvvatlarning qariyb 70 foizi to‘g‘ri kelgan, u taxminan 3,4 mlrd kubometrni saqlashga mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, taxminan 5 mlrd kubometr kerakli bosimni ushlab turish uchun «yostiq» sifatida ishlatilgan. Rough Angliyaning sharqiy sohilida joylashgan.
Centrica ushbu qish mavsumida u yerda 800 mln kubometrga yaqin, kelgusi qish uchun esa 1,7 mlrd kubometr gaz zaxirasini saqlashni maqsad qilgan.
Hozirgi kunda turli omborlarda mavjud saqlash hajmi atigi 1,6 mlrd kubometrni tashkil etadi.
Xalqaro energetika agentligi (XEA) rahbari Fotih Birol 22 iyun kuni Yevropa kelayotgan qishda Rossiya gazini to‘liq to‘xtatishga tayyor bo‘lishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib berishning hozirgi qisqarishiga ular butunlay to‘xtatilishining xabarchisi sifatida qaralishi kerak.
«Moskva Ukraina bilan davom etayotgan urushda gazdan bosim omili sifatida foydalanishga harakat qilmoqda. Qishga qanchalik yaqin bo‘lsak, biz Rossiyaning niyatlarini shunchalik yaxshi tushunib boryapmiz. Ishonchim komilki, ta’minot hajmini qisqartirish Yevropa omborlarini to‘ldirishga imkon bermaslik hamda Rossiyaning qish oylarida bosimni oshirishiga qaratilgan», deb ta’kidladi Birol.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

07:20 / 16.07.2025
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

07:30 / 15.07.2025
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi

22:37 / 13.07.2025