130 ta vazirlik va idorada arxiv ishi holati ustidan davlat nazorati o‘tkazildi

O‘zbekiston 09:42 / 16.08.2022 4590

"O‘zarxiv" agentligi tomonidan 130 ta vazirlik va idorada arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati o‘tkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati rahbari Anvar Aliyev ma’lum qildi.

Tekshirishlarning 14 tasi agentlik tomonidan, 125 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan, shulardan 138 tasi rejaga muvofiq, 1 tasi prokuratura organi tashabbusi bilan o‘tkazilgan. 

Toshkent Farmatsevtika institutida va Jizzax viloyati davlat arxivida o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha to‘plangan materiallar prokuratura organlariga taqdim etilgan va Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tekshirishlar natijasida tashkilot va korxonalarda saqlanayotgan Milliy arxiv fondiga kiritilgan idoraviy saqlov muddati tugagan 100 ming saqlov birligidan ziyod arxiv hujjati tegishli davlat arxivlariga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: