Ukraina «Vagner»ning Popasnayadagi bazasiga zarba berdi. Manzil rossiyalik harbiy muxbir tufayli fosh bo‘lgan

Jahon 16:46 / 15.08.2022 10364

Rossiyalik harbiy muxbir Yuriy Kotenokning tasdiqlashicha, Ukraina qurolli kuchlari «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Luhansk oblasti Popasnaya shahridagi «joylashuv manzillaridan biri»ga zarba yo‘llagan. «Donbassdagi manbalar tasdiqlamoqda. Katta ehtimol bilan bu HIMARS. Ukraina resurslari [biznesmen Yevgeniy] Prigojinning o‘limi haqida tarqatayotgan xabarlar — tasdiqlanmadi», — deya yozgan Kotenok telegramida.

Bunday zarba haqida ilk bor «Vagner» bilan aloqador bo‘lgan «Reverse side of the medal» telegram-kanali xabar tarqatdi. Unda Popasnayaga zarbadan keyin olingani aytilgan fotosuratlar paydo bo‘lgan. Propagandia mediasi bo‘lmish «Russkaya vesna» ham «Operatsiya Z: Voyenkory russkoy vesny» telegram-kanalida o‘sha kadrlar qatorida voqea joyidan video e’lon qildi. «Russkaya vesna» «bir qancha yaradorlar va bir qurbon» haqida ma’lumot bergan.

Sergey Sredaning o‘chirib yuborilgan postida aks etgan «Vagner» jangchilari

«Radio Svoboda» zarba oqibatlari aks etgan fotosuratlar orqali «Vagner» shtabi joylashuvini aniqlash mumkin — bu Mironovskaya, 12 ko‘chasi. Xuddi shu manzilda olingan suratlar 8 avgust kuni harbiy korrespondent Sergey Sredaning telegram-kanalida e’lon qilingandi. U vagnerchilarning Yevgeniy Prigojin ham bo‘lgan shtabiga kelganini aytgandi (keyinroq harbiy korrespondent postni o‘chirib yubordi, tarmoqda esa undan nusxa saqlanib qoldi). Sergey Sreda shtab manzilidan suratlarni «Vagner» jangchilari roziligi bilan e’lon qilganini aytgan.

Bu chindan ham Mironovskaya, 12. Bu manzil aks etgan viveskani 8 avgust kuni Sreda tomonidan e’lon qilingan fotosuratda aks etgan. Tablichkada «eng yaqin bombapanagoh» yozuvi bor, ammo biz o‘ylaymizki, bu chindan ham shu bino bo‘lgan. Endi biz zarba haqiqatan ham shu uyga berilganini oson aniqlashimiz mumkin.

«Meduza» Sredaning kanalidagi foto va portlashdan keyin olingan videoni o‘rganib, videoyozuvda aynan Sredaning xabarida ko‘rsatilgan uy, faqat boshqa tomondan aks etganini aniqlagan. Bu uyni garajlar orqali aniqlash oson. Uydagi shikastlanishlardan kelib chiqib, zarba Ukraina nazoratidagi Seversk hududidan (Popasnayadan 30 kilometr masofada joylashgan) turib berilganini taxmin qilish mumkin.

Ukraina va Rossiya telegram-kanallari ushbu zarba oqibatlari aks etgan suratlarni tarqatdi.

Conflict Intelligence Team loyihasi asoschisi Ruslan Leviyev «haqiqatda nima ro‘y berganiga ayrim shubhalar borligi»ni aytgan.

Ukraina rasmiylari hozircha Popasnayaga yo‘llangan zarba bo‘yicha izoh bermadi.

Luhansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday bu hujum tafsilotlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlay olmasligi, ammo hujum oqibatida vagnerchilarning kamida 100 nafari halok bo‘lganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: