Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi 

O‘zbekiston 20:57 / 15.08.2022 2269

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq o‘zaro aloqalar va sermahsul almashinuvlar yuqori sur’atda davom etayotgani qayd etildi.

Mamlakatda Turkiya yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, transport va logistika sohalarida kooperatsiya aloqalari kuchaymoqda. Birgalikdagi gumanitar dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy masalalarga to‘xtalar ekan, avgust oyi boshida Toshkentda O‘zbekiston, Turkiya va Ozarboyjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilganidan mamnun ekanini ta’kidladi. Ushbu formatdagi amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, Turkiy davlatlar tashkiloti va Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbari shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan va o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan beshinchi Islom birdamligi o‘yinlari yuksak darajada tashkil etilganini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: