Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga boradi 

O‘zbekiston 10:20 / 15.08.2022 24517

17-18 avgust kunlari prezidentimiz ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi.

Tashrif dasturiga muvofiq Jidda shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ularda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Alohida e’tibor “yashil iqtisodiyot”, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, innovatsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari Saudiyaning yetakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Shu bilan birga, prezident Makkayi Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladi. 

“Shuni aytib o‘tish kerak – ushbu tashrif oxirgi 30 yilda O‘zbekiston prezidentining Saudiya Arabistoniga birinchi tashrifi bo‘ladi” — dedi Sherzod Asadov.

Ko‘proq yangiliklar: