Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Kimga KXDR bilan munosabatlarni kengaytirish haqida va’da berdi
Putin maktubida Kim Chen Inga ikki tomonlama munosabatlarni «har tomonlama va konstruktiv» qilishga va’da berdi. Iyul oyida Moskva Donbassni tiklash uchun KXDRdan ishchilar yuborish masalasini ko‘targan edi.

Foto: Getty Images
Vladimir Putin Kim Chen Inga yo‘llagan maktubida RF va KXDR ikki tomonlama munosabatlarni «har jihatdan va konstruktiv» kengaytirish bo‘yicha «birgalikda harakat qilishini» yozdi. Rossiya yetakchisining 15 avgust kuni Koreya mustaqilligi kuni munosabati bilan KXDR rahbariga yo‘llagan maktubidan parchalar Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi KCNA tomonidan keltirildi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishi har ikki davlat manfaatlariga javob beradi. Bundan tashqari, Rossiya va Shimoliy Koreya birgalikda Koreya yarimoroli va butun Shimoli-Sharqiy Osiyo mintaqasida «xavfsizlik va barqarorlikni» mustahkamlay oladi, deb yozadi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, Kim Chen In Putinga maktub yo‘llab, unda Rossiya va KXDR o‘rtasidagi «strategik va taktik hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlik» yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlagan. U «tahdidlarning oldini olish bo‘yicha umumiy harakatlar va dushman harbiy kuchlarning provokatsiyalari» haqida ta’kidladi. KCNA qaysi dushman kuchlar nazarda tutilganiga aniqlik kiritmadi, biroq Shimoliy Koreya rahbari odatda bu atamani AQSh va uning ittifoqchilariga nisbatan ishlatadi, deya xabar beradi Reuters.
Shimoliy Koreya iyul oyida «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan oldi, Moskva esa Pxenyanda Donbassni tiklash uchun KXDRdan ishchilar yuborish masalasini ko‘tardi.
BMT va AEXA Shimoliy Koreya hozir 2017 yildan beri ilk yadroviy sinovini o‘tkazishga tayyorlanayotganidan xavotirda. Bundan mamlakat shimolidagi «Pungeri» yerosti sinov poligonida so‘nggi oylarda faollik boshlangani darak bermoqda. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda tunnellar ta’mirlanayotgani va 2018 yilda AQSh bilan muzokaralar chog‘ida buzib tashlangan inshootlar qayta tiklanayotganini ko‘rish mumkin. 2006-2017 yillarda KXDR «Pungeri» poligonida oltita yadroviy sinov o‘tkazdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden may oyida Vashington Shimoliy Koreya tomonidan harbiy texnikaning har qanday yangi sinovlariga tayyor ekanini aytdi. Shu bilan birga, u Kim Chen In bilan shaxsan uchrashish imkoniyatini istisno etmadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi
Jahon | 07:52
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
-
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan
Jahon | 07:40
-
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 07:39
Mavzuga oid

22:34 / 09.07.2025
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda

20:09 / 09.07.2025
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda

14:48 / 09.07.2025
CNN: Tramp yopiq uchrashuvda Putinga «Moskvani bombalash» bilan tahdid qilgani haqida gapirib bergan

12:04 / 09.07.2025