O‘zbekiston va Germaniya iqlim o‘zgarishi sohasida yangi mintaqaviy loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston 08:29 / 15.08.2022 4417

Davlat ekologiya qo‘mitasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Markaziy Osiyoda iqlim xavflarini boshqarish mintaqaviy loyihasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha umumiy qiymati 10 mln yevroni tashkil etib, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi hamda 2022-2026 yillarda implementatsiya qilinadi.

Loyiha Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) “Yashil Markaziy Osiyo” mintaqaviy dasturi doirasida ishlab chiqilgan.

Tadbirda O‘zbekiston iqlim kun tartibi eng muhim jihati “yashil” iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish ekani qayd etildi. Ekspertlar ta’kidlashicha, iqtisodiyot energiya samaradorligini oshirish, uglevodorodlardan foydalanishni qisqartirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini oshirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. 2030 yilga borib energiya samaradorligi ko‘rsatkichi ikki baravar oshishi va yalpi ichki mahsulot uglerod iste’molining pasayishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: