Jizzaxda oddiy hazil qotillik bilan tugadi
56 yoshli shaxs o‘zi bilan hazillashmoqchi bo‘lgan ikki nafar fuqaroni pichoqlagan. Oqibatda ulardan biri vafot etgan.

Foto: IIB axborot xizmati
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 8 avgust kuni soat 21:30 larda Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida yashovchi 38 yoshli hamda Forish tumani “Bog‘don” QFY da yashovchi 31 yoshli fuqaro o‘zaro gaplashib turganda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Qangli qishlog‘ida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro ularning oldiga kelgan.
Shundan so‘ng Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro bulung‘urlikning cho‘ntagidan hazillashib, 50 ming so‘m pullarini olib qo‘ygan vaqtida janjal kelib chiqqan. Nizo davomida bulung‘urlik shaxs sumkasida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan har ikki fuqaroga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. Tan jarohati olgan ikkinchi shaxs esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Avvalroq, Jizzaxda ikki cho‘ponning janjali qotillik bilan yakun topgandi.
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

21:41 / 01.07.2025
Britaniyada qotil-hamshira ishi bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi

18:45 / 30.06.2025