O‘zbekistonda xorijda doimiy yashovchilar bilan 1,4 mingga yaqin nikoh ro‘yxatga olindi

O‘zbekiston 09:59 / 13.08.2022 3410

Joriy yil yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda 108 918 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, ular 1362 tasi xorijiy mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan tuzilgan nikohlardir.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil shu davridagiga nisbatan 326 taga kamaygan.

2022 yil 1 iyul holatiga 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 4 106 tani tashkil etgan. Shundan ayollar – 822 nafar, erkaklar – 3 284 nafarga teng.

Bundan oldin iyul oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum qilingandi. 2022 yil iyul oyida respublika bo‘yicha jami 24 195 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 3138 ta holat.

Ko‘proq yangiliklar: