Koreya o‘zbekistonlik talabalarni o‘qitishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston 10:56 / 13.08.2022 4758

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Koreyaning eng yirik viloyatlaridan biri - Kyonsan-Pukto gubernatori Li Chxol U bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Koreya hududlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida «yashil» energetika, elektronika, avtomobilsozlik, farmatsevtika va boshqa istiqbolli sohalarga sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganildi. Kyonsan-Pukto va O‘zbekiston hududlari ishbilarmon doiralari delegatsiyalari tashriflarini tashkil etish, B2B va B2G formatlarida qo‘shma biznes forumlari va muzokaralarni o‘tkazish istiqbollari qayd etildi.

Suhbatda kasb-hunar ta’limi sohasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Koreya tomonidan Kyonsan-Puktodagi oliy o‘quv yurtlarida o‘zbekistonlik talabalarni o‘qitish va kelgusida ushbu viloyat yetakchi kompaniyalarida ishga joylashishlariga ko‘maklashishga tayyorlik bildirildi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomonidan "Inno texnopark" va “Akfa” universiteti hamda Koreya tomonidan "Gyonbuk texnopark" va “Yongnam” universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida qo‘shma startap loyihalarini amalga oshirish va ilg‘or texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: