Germaniya sog‘liqni saqlashda raqamli texnologiyalarni joriy etish loyihasida qatnashadi

O‘zbekiston 09:01 / 13.08.2022 4684

Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan KfW (Germaniya) bankining “Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish” loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 12 yil muddatga jami 45 mln yevro miqdorida imtiyozli kredit va 5,5 mln yevro grant mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilishi;

umumiy qiymati 58,21 mln yevroga teng “Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi” loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilgani va o‘rnatilgan tartibda vakolatli davlat organlarida ekspertizadan o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Belgilanishicha:

Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligidagi IT-Med MChJ KfW bankining kredit va grant mablag‘laridan maqsadli foydalanish va loyiha doirasidagi barcha tadbirlarni samarali amalga oshirishga mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;

KfW banki kredit va grant mablag‘lari hisobidan tovarlar, ish va xizmatlar xarid qilishni moliyalashtirish haqida imzolangan shartnomalar shartlari va qonun hujjatlari talablariga binoan umumiy xarid hajmi hisobidan amalga oshiriladi.

“Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida”gi loyihani amalga oshirish doirasida KfW banki kredit va grant mablag‘lari hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar, ish va xizmatlar bojxona bojidan ozod etiladi hamda qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) qoplab beriladi.

“Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish” loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun o‘rnatilgan tartibda loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi va faoliyatini tashkil etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘riladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligidagi IT-Med MChJ loyihani amalga oshirish guruhini o‘rnatilgan tartibda bevosita nazoratga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: