Avtotransportda yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga qo‘shimcha kiritiladi

O‘zbekiston 10:08 / 13.08.2022 3914

Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalariga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yo‘lovchilarni avtobusda xalqaro tashish yo‘nalishini ochish uchun:

  • xorijiy tashuvchi bilan hamkorlikda faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma;
  • yo‘nalish bo‘yicha haydovchilar ish va dam olish rejimi ko‘rsatilgan harakat jadvallari va tashish tariflari;
  • chegarani kesib o‘tishni ko‘rsatadigan yo‘nalish sxemalari bo‘yicha hujjatlar taqdim qilinadi.

Transport vazirligi tomonidan yo‘nalish o‘tadigan barcha davlatlar ruxsatnomalari olingandan so‘ng, tashuvchiga harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Transport vazirligi xalqaro yo‘lovchi tashish yo‘nalishi o‘tadigan davlat vakolatli organlari bilan birgalikda avtobuslar chegaradan o‘tish vaqtini kelishib oladi va tasdiqlaydi.

Muntazam harakatdagi yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun mo‘ljallangan avtobuslar yo‘nalish boshlanish va tugash nuqtasi nomi ko‘rsatilgan old va yon trafaretlar bilan jihozlanadi.

Xalqaro muntazam yo‘nalishdagi avtobuslarning jo‘nab ketishi va kelishi faqatgina avtovokzaldan (avtostansiyadan) amalga oshiriladi.

Xalqaro muntazam yo‘nalishlarda va muntazam bo‘lmagan yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus taxograf, GPS hamda tezlikni cheklovchi uskuna bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

Tashuvchi haydovchilar ish va dam olish vaqtini nazorat qilishi, reys vaqtidagi barcha to‘xtash va turish joylari to‘g‘risida avtovokzalni xabardor qilishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: