Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vestminster universitetiga 10,2 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10,2 ming dollar evaziga Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangan. Gumonlanuvchi oldindan 5 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX ikkita hududda noqonuniy o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi.
Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro A. A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning qizini 10200 dollar evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. U kelishilgan pulning 5000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Sh.O‘. boshqa bir fuqaro O‘.ni tanishlari yordamida 1800 dollar evaziga Toshkent moliya institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. U kelishilgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik), 28 va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi
Jahon | 21:50
-
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
Jahon | 21:45
-
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi
Jahon | 21:41
-
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi
Sport | 21:35
Mavzuga oid

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

17:19 / 16.07.2024
IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 22 ming dollar olgan shaxs ushlandi

09:15 / 09.02.2024
Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

15:23 / 26.05.2023