Islom birdamligi o‘yinlari. O‘zbekiston Turkiya va Erondan so‘ng 3-o‘rinda bormoqda

Sport 15:34 / 12.08.2022 12695

O‘zbekiston delegatsiyasi 12ta oltin, 10ta kumush va 18ta bronza medal bilan  Turkiya (38-39-26) va Erondan (16-14-10) so‘ng 3-pog‘onada bormoqda.

Velosportchi Olga Zabelinskaya va para suzuvchi Azizbek Boynazarov O‘zbekistonga 2tadan oltin medalni taqdim etishdi. 

Foto: Islom birdamligi o‘yinlari

Oltin:

  • Olga Zabelinskaya (velotrek, ochkolar uchun poyga)
  • Olga Zabelinskaya (veloshosse, vaqt uchun poyga)
  • Azizbek Boynazarov (para suzish, 100 metrga batterflay usulida)
  • Azizbek Boynazarov (para suzish, 200 metrga kompleks usulda)
  • G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57kg)
  • Ulug‘bek Rashidov (taekvondo, -68kg)
  • Suhrob Xodjayev (yengil atletika, bosqon uloqtirish)
  • Jahongirmirzo Turopov (erkin kurash, -61kg)
  • Omadbek Hasanov (para yengil atletika, balandlikka sakrash)
  • Shuhrat Salayev (taekvondo, -80kg)
  • Safina Sa’dullayeva (yengil atletika, balandlikka sakrash)
  • Sharifa Davronova (yengil atletika, uch hatlab sakrash)

Kumush:

  • Yanina Kuskova (velotrek, ochkolar uchun poyga)
  • Yanina Kuskova (velotrek, omnium)
  • Yanina Kuskova (veloshosse, vaqt uchun poyga)
  • Azizbek Boynazarov (para suzish, 100 metrga chalqancha)
  • Jasmina Immayeva (ayollar yeurashi, -50kg)
  • Farida Soliyeva (yengil atletika, 400 metrga yugurish)
  • Baxtiyor Ortiqov (para suzish, 50 metrga chalqancha)
  • Aktenge Keunimjayeva (ayollar kurashi, -53kg)
  • Svetlanada Razdivil (yengil atletika, balandlikka sakrash)
  • Sport gimnastikasi bo‘yicha erkaklar terma jamoasi

Bronza:

  • Sofiya Karimova (velotrek, skretch)
  • Aleksey Fomovskiy (velotrek, yakkalik ta’qib)
  • Aleksey Fomovskiy (velosport, omnium)
  • Aleksey Fomovskiy (veloshosse, vaqt uchun poyga)
  • Sulton Nuriddinov (para suzish, 100 m batterflay)
  • Charos Qayumova (taekvondo, -53kg)
  • Roksana Xudoyorova (yengil atletika, uzunlikka sakrash) 
  • Niyaz Po‘latov (taekvondo, -63kg)
  • Nargiza Qo‘chqorova (yengil atletika,   nayza uloqtirish)
  • Ixtiyor Navro‘zov (erkin kurash, -74kg)
  • Dilfuza Aimbetova (ayollar kurashi, -59kg)
  • Rasul Abdurahimov (sport gimnastikasi, ko‘pkurash)
  • Rasul Abdurahimov (sport gimnastikasi, paralel to‘sinda mashqlar)
  • Magomed Ibragimov (erkin kurash, -97kg)
  • Zuhra Tojimatova (taekvondo, -46kg)
  • Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash, -79kg)
  • Bobur Islomov (erkin kurash, -92kg)
  • Hasanboy Rahimov (erkin kurash, -125kg)

Musobaqa 18 avgustgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: