OTMga testda ishtirok etganlar kollej va texnikumga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Davlat test markazi xabariga ko‘ra, bunda abituriyentlarda OTMlarga kirish test sinovlarida to‘plagan ballari bilan professional ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
- abituriyent professional ta’lim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan ta’lim yo‘nalishi fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan ta’lim yo‘nalishi fanlar majmuasi bilan bir xil bo‘lsa;
- abituriyent oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa;
- professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.
Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abituriyent mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa, barcha abituriyentlar kabi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Mavzuga oid

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi

18:39 / 11.10.2024