Xalqaro ekspertlar: Zaporojye AESda radiatsiya chiqishi hozircha kuzatilmadi

Jahon 13:23 / 09.08.2022 6180

Germaniyaning Radiatsiyadan himoya qilish federal idorasi (BfS) ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi (ZAES) yaqinida davom etayotgan janglarga qaramay, Germaniya hududiga radiatsiya kirib borishi qayd etilmagan. «Ukraina hududida radioaktiv moddalar tarqalishi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q», — deb xabar berdi idora 9 avgust, seshanba kuni Funke mediaguruhiga. 

«BfS radioaktiv moddalar tarqalishining o‘tkir xavfini ko‘rmayapti, ammo Zaporojye AESning doimiy xavfsiz ishlashi zarur bo‘lgani uchun vaziyatdan xavotirda, - deyiladi xabarda. - Idora Germaniyadagi tabiiy radiatsiyaviy fonni muntazam ravishda o‘lchaydi. Agar ikkita qo‘shni o‘lchash nuqtasida o‘lchangan radioaktivlik darajasi ma’lum chegaradan oshsa, xabarnoma avtomatik ravishda yonadi». 

Zaporojye AES Rossiya harbiylari nazorati ostida, lekin ukrainalik xodimlar tomonidan boshqariladi. O‘tgan dam olish kunlari stansiya hududi ikki marta o‘qqa tutildi. Rossiya hujumlarda Ukrainani ayblamoqda. Kiyevda ular o‘qqa tutishni Rossiya qo‘shinlari amalga oshirayotganini aytmoqda. 

Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinets Ukraina BMT va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka (AEXA) maktublar yo‘llab, ularni Zaporojye AESga xavfsizlik missiyasini yuborishga chaqirganini aytdi. «Men AES hududini to‘liq demilitarizatsiya qilishni va atom stansiyasi xodimlari hamda Energodar shahri aholisiga stansiyaga xizmat ko‘rsatish uchun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni so‘rayman», dedi Lubinets.

Kiyev Rossiya Ukraina janubini to‘liq elektr energiyasiz  qoldirishga urinishidan xavotirda, dedi o‘z navbatida Ukrainaning AEXAdagi vakili Yevgeniy Tsimbalyuk. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ZAESning o‘qqa tutilishini qoraladi. «Atom elektr stansiyasiga qilingan har qanday hujum o‘z joniga qasd qilishdir», dedi Guterrish. 

Ko‘proq yangiliklar: