Vadim Abramov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport 13:34 / 09.08.2022 10423

«Unda jamoaning Superligadagi qoniqarsiz natijalari sababli Andrey Shipilov o‘z arizasiga binoan klub bilan do‘stona xayrlashgani ma’lum qilindi. Klub rahbariyati va homiylari yangi bosh murabbiy sifatida taniqli mutaxassis, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramov taklif etilganini e’lon qilib, futbolchilarga rasman tanishtirildi», - deyiladi klub xabarida. 

Ma’lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis hozirga qadar «Traktor», «Lokomotiv», «Neftchi», «Bunyodkor» klublari, O‘zbekiston olimpiya va milliy jamoasida faoliyat yuritgan. Vadim Karlenovich 2019-2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib, milliy jamoamiz JCh-2022 uchinchi saralash bosqichiga chiqa olmagani sababli O‘FA tomonidan iste’foga chiqarilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: