Toshkentda Ko‘kaldosh madrasasi oldida poliz mahsulotlarini sotgan ayol va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida mojaro yuz berdi

O‘zbekiston 12:17 / 09.08.2022 8933

Joriy yil iyun-iyul oylarida Shayxontohur tumanidagi Ko‘kaldosh madrasasi oldida fuqaro D.B. belgilanmagan joyda poliz mahsulotlarini sotayotgani aniqlangan

Bildirilishicha, unga Chorsu bozori hududi ichidagi rastalarda savdo qilishi uchun joy taklif qilinib, noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsa-da, belgilanmagan joyda, ya’ni piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘lakda savdo qilishni davom ettirgan. 

4 iyul kuni fuqaro D.B. ruxsat etilmagan joyda yana savdo qilayotgani aniqlangan va hududda xizmat olib borayotgan PPX inspektorlari tomonidan belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan tushuntirish o‘tkazilganda, ular o‘rtasida o‘zaro mojaro yuzaga kelgan. 

Ma’lum qilinishicha, D.B. yaqin oradagi IIBga olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

PPX xodimlari fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: