Tadbirkorlarni tekshirish ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi

O‘zbekiston 12:19 / 09.08.2022 4830

Prezidentning “O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoniga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Prezident farmoni 2-ilovasiga qo‘shimchalar kiritildi. U 172-pozitsiya bilan to‘ldirildi. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ularni ro‘yxatga olish yo‘li bilan vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga yana bittasi qo‘shildi:

asosli ma’lumotlar bo‘lganda ko‘p kvartirali uylardagi joylar o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilgani ustidan nazorat qilish.

Tekshiruv Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 1 kundan oshmagan holda o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: