Qishloq xo‘jaligi sohasini yoritadigan yangi telekanal tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:14 / 09.08.2022 6283

Qayd etilishicha, telekanal «Agro TV» deb nomlanib, unda agrosanoat sohasiga tegishli ma’lumotlar beriladi.

«Agro TV» telekanalining asosiy maqsadi – mamlakat qishloq xo‘jaligi sektorini yangi va zamonaviy rakurslarda ochib berish.

Telekanal mahalliy tomoshabin hamda xorijiy investorlarni go‘sht va sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot, paxta, bug‘doy va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib boradi.

Bundan tashqari, auditoriyani jahon va mahalliy qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklardan xabardor qilish, tomoshabinga bu sohadagi xalqaro tajriba, innovatsiyalar, yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar fikrlari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

«Agro TV» telekanali o‘zbek, rus va ingliz tillarida efirga uzatiladi. Telekanal qamrovi O‘zbekiston barcha viloyatlarini o‘z ichiga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: