O‘zbekiston va Belarus avtotashuvlar bo‘yicha ruxsat berish tizimini bekor qilmoqchi

O‘zbekiston 07:25 / 09.08.2022 6222

Bu haqda Belarus transport vazirligi matbuot xizmati xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha Belarus-O‘zbekiston komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha xabar berdi.

Tomonlar, shuningdek, transport sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar, 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar soni aniqlashtirildi.

Bundan tashqari, Belarus tashuvchilari uchun 6000 ta «ikki tomonlama va tranzit» va 4000 ta «uchinchi mamlakatlarga/ mamlakatlardan» miqdorida qo‘shimcha O‘zbekiston ruxsatnomalarini ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: