O‘zbekiston - shaxmat olimpiadasi g‘olibi

Sport 14:27 / 09.08.2022 37264

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi, 11-turida O‘zbekiston jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, 188 jamoa ishtirok etgan olimpiada chempioniga aylandi.

Bugungi bahslarda Nodirbek Yoqubboyev (2620), Nodirbek Abdusattorov (2688) va Javohir Sindorov (2629) o‘z o‘yinlarida durang natija qayd etishdi. Hal qiluvchi bahsda esa 27 yoshli tajribali Jahongir Vohidov (2564) 20 yoshli Maks Uormerdam (2610) ustidan g‘alabaga erishdi va umumiy 2,5-1,5 hisobini ta’minladi.

Bu natijadan keyin O‘zbekiston jamoasi turnir jadvalida 19 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi - asosiy raqib bo‘lgan Armaniston ham Ispaniya vakillarini mag‘lub etgandi va ochkolari sonini 19 taga yetkazgandi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ikkinchi o‘rinda qoldi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: