O‘zbekiston «ArMI-2022» doirasida o‘tkaziladigan «Tank biatloni» musobaqasida qatnashadi

O‘zbekiston 16:06 / 09.08.2022 2538

Xalqaro armiya o‘yinlari - “ArMI-2022” doirasida o‘tkaziladigan “Tank biatloni” musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Qur’a natijalariga ko‘ra, birinchi divizionda qatnashadigan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat jamoa qizil rangli tankda Vetnam, Venesuela va Qozog‘iston tankchilari bilan ikkinchi yurishda harakatlanadigan bo‘ldi. 

Polkovnik Juma Atashev boshchiligidagi jamoaga birinchi divizionda Ozarboyjon, Belarus, Vetnam, Venesuela, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va Rossiya davlatlari jamoalari raqiblik qiladi.

Xalqaro armiya o‘yinlari eng qiziqarli va shiddatli yo‘nalishi hisoblanadigan “Tank biatloni” musobaqasi Rossiyaning Moskva oblastida joylashgan “Alabino” poligonida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: