EPSILON (EDC): Mirbaraka-2 qudug‘idan 100 ming kubmetr kunlik hajmda gaz olinmoqda

O‘zbekiston 12:07 / 09.08.2022 3480

Joriy yil 9 avgust kuni Mirbaraka konining 2-sonli qudug‘ida olib borilgan mukammal ta’mirlash va kislotali ishlov berish ishlaridan so‘ng, quduqdan sanoat darajasidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun mazkur quduq 10 avgust kuni gaz uzatish tizimiga ulanadi. Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: