Buxoroda jaziramada bug‘doyzorga tashlab ketilgan bolaning onasi topildi

O‘zbekiston 11:58 / 09.08.2022 19767

Buxoro viloyat IIB axborot xizmatining rasmiy ma’lumot berishicha, olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida tumanning Ko‘lijabbor mahallasi Ko‘hna Nayman qishlog‘ida joylashgan “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligi dala shiyponida tashlab ketilgan chaqaloq 2022 yil yanvar oyida tug‘ilgan Narzullayeva Muslima ekanligi aniqlangan. Chaqaloqning onasining ham shaxsi aniqlanib, tergov organiga topshirilgan.

Hozirda holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishida shaxsning sha’ni, qadr qimmati va oilaviy sirlari bilan bog‘liq holatlar mavjud bo‘lganligi sababli tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: