“Konya-2021” o‘yinlarida O‘zbekiston velosport jamoasi ilk oltin medalga sazovor bo‘ldi

Sport 14:45 / 08.08.2022 6606

7 avgust kuni O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu musobaqada o‘zining birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Velotrekning ochkolar poygasi yo‘nalishida o‘tgan bahsda hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yaxshi natija bilan chempionlikni tantana qildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda start olgan boshqa bir vakilamiz Yanina Kuskova yana bir kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bunga qadar delegatsiyamiz a’zolari musobaqada 1 ta kumush hamda 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. Endi ularning orasiga oltin va yana bir kumush medal ham qo‘shiladigan bo‘ldi. Aytish joizki, bu Turkiyadagi musobaqa cho‘qqilarini zabt etishning boshlanishi.

Avvalroq medallarga sazovor bo‘lganlar:

Yanina Kuskova (Trekning yakkalik ta’qib poygasi dasturi) – kumush medali;

Aleksey Fomovskiy (trekning yakkalik ta’qib poygasi dasturi) – bronza medali;

Sofiya Karimova (skretch bo‘yicha guruh poygasi) – bronza medali.

Islom birdamlik o‘yinlari 18 avgustga qadar davom etadi. Musobaqa davomida 55 davlat vakillari bilan bir qatorda 265 nafar mahalliy sportchilar ham ishtirok etmoqda. Sportchilarimizga omad va muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin!

Ko‘proq yangiliklar: