Toshkentda uchta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston 11:33 / 08.08.2022 4512

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, 23-sonli «Farhod bozori - Chorsu metrosi» yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. 

Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda «Farhod bozori» bekatidan Lutfiy, Muqimiy, Nurafshon, Beruniy, Saqichmon, Zarqaynar ko‘chalari orqali «Chorsu metrosi» AShBga qadar, qaytish yo‘nalishida «Chorsu metrosi» AShBdan Zarqaynar, A.Navoiy, Beruniy, Nurafshon, Lutfiy ko‘chalari orqali «Farhod bozori» bekatiga qadar soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan. 

Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning «7-Avtobus saroyi» filialiga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida ish kunlari 5 ta, shanba va yakshanba kunlari 4 ta etib belgilangan.

104-sonli «12-metro bekati - 4-metro bekati» yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. 

Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda «12-metro bekati»dan Xonabod, Jaloir, Nilufar, Yoqubov, Qipchoq, Sergeli yo‘li, Lutfkor, Mirzo Tursunzoda ko‘chalari orqali «4-metro bekati»dan Mirzo Tursunzoda, Lutfkor, Yangi Sergeli yo‘li, Qipchoq, Yoqubov, Nilufar, Jaloir, Xonabod ko‘chalari orqali «12-metro bekati»ga qadar soat 6:00 dan 21:00 gacha harakatlanishi belgilangan. 

Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning «12-Avtobus saroyi» filialiga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlari 3 ta, yakshanba kunlari 2 ta etib belgilangan.

151-sonli «Yangi O‘zbekiston bog‘i - Buyuk Ipak yo‘li metrosi» yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. 

Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda «Yangi O‘zbekiston bog‘i»dan O‘qituvchi, Milliy bog‘, Binokor, T.Malik, Do‘rmon yo‘li, M.Ulug‘bek shoh ko‘chalari orqali «Buyuk Ipak yo‘li metrosi»ga qadar, qaytish yo‘nalishida «Buyuk Ipak yo‘li metrosi»dan M.Ulug‘bek shohko‘chasi, Do‘rmon yo‘li, T.Malik, Binokor, Milliy bog‘, O‘qituvchi ko‘chalari orqali «Yangi O‘zbekiston bog‘i»ga qadar soat 6:00 dan 21:00 gacha harakatlanishi belgilangan. 

Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning «5-Avtobus saroyi» filialiga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida ish kunlari 6 ta, shanba kunlari 5 ta, yakshanba kunlariga 4 ta etib belgilangan.

«5-Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 110-sonli «Qipchoq dehqon bozori -TTZ AShB» avtobus yo‘nalishi harakati H.Bayqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li, 4R21 Toshkent aylanma yo‘llari orqali «Fud citi savdo majmuasi»gacha ikki taraflama tashkil etilgan, yo‘nalish nomi 110-sonli «Fud citi savdo majmuasi - TTZ AShB» avtobus yo‘nalishi deb nomlangan.

Ko‘proq yangiliklar: