Diapazon nashrining yozishicha, Lada Largus rusumli avtomashinaning 42 yoshli haydovchisi Aqto‘be - Astraxan avtomobil yo‘lining 284-kilometrida yo‘l ishlari olib borilayotgan yo‘l qismiga chiqib ketib, chetga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Bayganin tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Ulardan biri hushiga kelmay, shifoxonada vafot etgan.