Prezident Toshkentda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi

O‘zbekiston 15:09 / 08.08.2022 4962

Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

«Davlat rahbarining ish rejasida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xususan, metallurgiya sanoati masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar, shuningdek, Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti, bir so‘z bilan aytganda keng jamoatchilikning diqqat markazida bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan tadbirlar bor», - dedi u bugungi brifingda. 

Asadov, shuningdek, 3 avgust kuni prezident tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni dastlabki tahlil qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazganini eslatdi.

Bundan tashqari, 3 avgust kuni tergovchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, surishtiruv va tergov organlari uchun professional kadrlar tayyorlash, bu boradagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

4 avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruv samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish esa o‘tgan haftaning asosiy voqealaridan biri bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: