“O‘zbekneftgaz”: Bir guruh mutaxassislar “Ernst & Young” Biznes akademiyasida malaka oshirishdi

Jamiyat 16:00 / 08.08.2022 5269

Ushbu ta’lim dasturi o‘z ichiga korporativ boshqaruv, risklarni boshqarish, ichki nazorat, kompyuterni modellashtirish va investitsiya loyihalari risklarini baholash, shuningdek, ichki audit kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Dastur doirasida ishtirokchilar kompaniyaning korporativ boshqaruvi va risklarni boshqarishda har bir xodimning vakolatlari va majburiyatlari, kompaniyada xavf madaniyatini shakllantirish tamoyillari asosida raqobat muhitida muvaffaqiyatli biznesni yaratish uchun samarali ichki nazoratni yaratish algoritmi bilan batafsil tanishtirildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar kompaniyadagi risklarni boshqarish jarayoni, risklarni aniqlash va baholash vositalari va usullarini, risklar to‘g‘risida hisobotlarni yaratishni va real misollar asosida investitsion loyihaning risklarini aniqlashni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Dastur yakunida ishtirokchilarga “Ernst & Young” Biznes akademiyaning xalqaro standartdagi sertifikatlari topshirildi.

Ma’lumot uchun: “Ernst & Young” Biznes akademiyasi 25 yildan ortiq vaqt davomida mutaxassislarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha MDH mamlakatlarida konsalting xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida turli sohalardagi yetakchi kompaniyalarning 150 mingdan ortiq mutaxassislari Akademiyada tayyorlangan. 

 “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: