O‘zbekistonda gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi

O‘zbekiston 16:25 / 08.08.2022 3473

Vazirlar Mahkamasining “Respublika iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida 2022 yil oktabr oyida hududlarda yer uchastkalarida joylashgan hamda markaziy issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylarda “Tabiiy gaz nazorati va hisobi avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi to‘liq joriy etilishi va billing tizimi to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylar kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatiladi.

Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stansiyasi - tuman (shahar) chegarasi - yirik uchastkalar kirish qismi - iste’molchi” texnologik zanjiri asosida 1 800 ta elektron hisoblagichlarni o‘rnatish va monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2024 yillarda respublika hududlaridagi yer uchastkalarida joylashgan aholi xonadonlari gaz ta’minoti tizimini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • 2022 yilda “Hududgazta’minot” tizimidagi gaz tarmoqlari geoaxborot tizimini joriy etish bo‘yicha qurilmalar elektron topografik xaritasi va atributiv ma’lumotlarini shakllantirish maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • 2022-2024 yillarda “Hududgazta’minot” gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • gaz ta’minoti tizimidagi xodimlar xorijiy davlatlar ixtisoslashgan kompaniyalari va markazlarida malakasini oshirish, korporativ boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.
Ko‘proq yangiliklar: