Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi

O‘zbekiston 13:31 / 08.08.2022 7468

Qayd etilishicha, quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi:

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun 9 mln so‘mgacha miqdorda;
  • sug‘orish vositalari xarid qilish uchun 3 mln so‘mgacha miqdorda;
  • urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun 900 ming so‘mgacha miqdorda;
  • ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ular bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun 3 mln so‘mgacha miqdorda;
  • “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga uchtadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun har bir dastgohga 3 mln so‘mgacha miqdorda;
  • “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan 3 mln so‘mgacha miqdorda;
  • 2025 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslar aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun 600 ming so‘mgacha miqdorda bir martalik;
  • tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha;
  • tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun 3 mln so‘mgacha miqdorida;
  • hunarmandlar “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun a’zolik badali miqdorida;
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik;
  • “usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun 6 oy davomida har oyda 600 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • shogirdlarga mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, ustalarga saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari 50 foizi, biroq 7,5 mln so‘m miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.
Ko‘proq yangiliklar: