Yangiyo‘lda ijara asosida ajratilgan yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat 10:05 / 07.08.2022 13099

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ijara asosida ajratilgan yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati prokuraturasi IIV JQB Korrupsiya va IJQK boshqarmasi bilan hamkorlikda yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat prokuraturasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida A.B. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi U.Yusupov massividan tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan «Xalqobod Dilorom agro» fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijara asosida ajratilgan jami 36,8 ga sug‘oriladigan yer maydonini noqonuniy ravishda M.F.ga 100 ming dollarga sotishga kelishib, kelishilgan pullardan 25 ming dollarni murojaatchidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: