Jizzaxda yo‘l chetiga ag‘darilgan yuk mashinasi yo‘lovchisi vafot etdi
GAZ-53 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va oqibatda mashina yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 2 avgust kuni soat 11:00 larda 4R-40 Dashtobod-Zomin-G‘allaorol avtomobil yo‘lining Baxmal tumani Muzbuloq mahallasi hududidan o‘tgan 107-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Muzbuloq mahallasida yashovchi shaxs GAZ-53 yuk mashinasi Zomin yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan va uning salonida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Baxmal tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

00:17 / 13.03.2025
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

12:10 / 11.03.2025
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, opa-singilning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi uzoq muddatga qamaldi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

12:09 / 08.03.2025