Tadbirkorlik jamg‘armasi nizomi tasdiqlandi

O‘zbekiston 07:58 / 06.08.2022 5439

Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ular tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatiga ko‘maklashish jamg‘arma asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Jamg‘arma boshqaruvi oliy organi kengash bo‘lib, uning tarkibi prezident tomonidan tasdiqlanadi. Jamg‘arma faqat: O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan; tugatilish bosqichida bo‘lmagan; bankrotlik tartibi qo‘zg‘atilmagan; murojaat sanasidan kreditlar, soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan qarz oluvchilar loyihalari bo‘yicha kompensatsiya beradi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilishi va to‘lovlar to‘lanishi shartlari, maqsadlari va tartibiga rioya etilishini tekshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: