Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli tibbiy komplekslar tashkil etishi mumkin

O‘zbekiston 11:42 / 06.08.2022 4757

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih bilan kengaytirilgan tartibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor qaratdi. Chorvachilik majmualari, meva, kunjut va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish hamda tayyor mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga eksport qilishga qaratilgan loyihalarga qiziqish bildirildi.

Tibbiyot muassasalarini boshqarish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish, talab katta bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, O‘zbekistonda shifokorlar va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, Saudiya Arabistoni ilg‘or texnologiyalarini jalb qilgan holda mamlakatda ko‘p tarmoqli tibbiy komplekslarni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklif qilindi.

Saudiya tomoni barcha muhokama qilingan loyiha takliflari tegishli idora va kompaniyalar rahbarlari tomonidan o‘rganilishi va ishlab chiqilishini hamda yaqin kelajakda barcha tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilanishini bildirdi. 

Tomonlar ko‘rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: