O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston 10:33 / 06.08.2022 2538

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidov Qirg‘iziston Milliy tarix muzeyida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Qirg‘iziston Milliy tarix muzeyi rahbari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlik memorandumini imzolashni taklif qildi.

Muzey rahbari Jildiz Bakashevaning aytishicha, joriy yil noyabr oyida O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Milliy tarix muzeyi vakillari ham ushbu yirik madaniy tadbirga tayyorgarlikni boshlab yuborgan, Qirg‘iziston tarixiga oid ko‘rgazma uyushtirish ko‘zda tutilmoqda.

Qirg‘iziston Milliy tarix muzeyi rahbariyatiga “Yangi O‘zbekiston” va “G‘alaba bog‘i” fotoalbomlari, buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning o‘zbek tilida chop etilgan asarlari to‘plami taqdim etildi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani 30 yillik sanasiga bag‘ishlangan Qirg‘iziston Milliy tarix muzeyi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: