Toshkentda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Lacetti urib yuborishi oqibatida vafot etdi

O‘zbekiston 12:14 / 05.08.2022 15764

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2022 yilning 4 avgust kuni soat taxminan 00:30 larda Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan O.M. Lacetti rusumli avtomashinada harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda, 1992 yilda tug‘ilgan D.F. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: