Rostov-Donda O‘zbekistonning yangi bosh konsuli ish boshladi

O‘zbekiston 10:49 / 05.08.2022 3047

Rostov-Don (Rossiya) shahrida O‘zbekiston yangi bosh konsuli Burxon Aliqulov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

U 40 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akademiyasi bitiruvchisi.

2004 yildan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab keladi. Ishni attashe lavozimidan boshlagan. 2020-2022 yillarda Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

U 2019 yilda Rostov-Don shahrida O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasini ochgan bosh konsul Rustam Qurbonboyevni almashtirdi.

Bosh konsullik okrugiga Rossiya Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglari kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: